• Slide 1
  • Slide 2
  • Slide 3

Yosh olimlar kengashi

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi
Yadro fizikasi instituti Yosh olimlar kengashi

                                                                                        Oʼzbekiston rivoji uchun samarali mehnatimiz bilan

                                                                                        xissa qoʼshish bizning oliy maqsadimiz


OʼzR FА YaFI yosh olimlar kengashining(YOKfaoliyati YaFI yosh olimlarining ilmiyijodiy faolligini rivojlantirishhamda ishlashyashash sharoitlarini yaxshilash va ishdan tashqari vaqtlarini toʼgʼri tashkil qilish kabi masalalarda yoshlarga yordam berish bilan bogʼliq.

YOK faoliyati maqsadi YaFI yosh olimlarini professional oʼsishida koʼmaklashish, dolzarb ilmiy muommolarni yechishda ularning kuchlarini birlashtirishdir.

Yuqorida aytib oʼtilgan maqsadlarga erishish uchun YaFI Yosh olimlar kengashi quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:

  • YaFI yosh olimlari qatnashishi mumkin boʼlgan ilmiy konferentsiyalar, seminarlar, maktablar va oʼquv mashgʼulotlarni tashkil qiladi;

  • Oʼzbekistonda va xorijda oʼtkazilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy anjumanlar haqida yosh olimlarga maʼlumot berish, yosh olimlarga zarur boʼlgan maʼlumotlar tizmini yaratish, maslahat berish va boshqa xizmatlar koʼrsatish boʼyicha ishlarni amalga oshiradi;

  • Yosh olimlarning yashash va ishlash sharoitini yaxshilashga, ularning ishdan tashqari vaqtini toʼgʼri tashkil qilishga qaratilgan ishlarni amalga oshiradi.

Hozirgi kunda Yadro fizikasi institutida 40 yoshgacha boʼlgan 54 ta xodim faoliyat olib bormoqda. Shulardan 5 nafari fan nomzodi ilmiy darajasiga ega, 2 nafarii katta ilmiy xodim, 14 nafari kichik ilmiy xodim, 7 nafari katta ilmiy xodim–tadqiqotchi, 16 nafarii yetakchi muhandis va 15 nafarii muhandis lavozimida ishlab kelmoqdalar.

Kengash raisi: f.-m.f.d. U. Kurbanov 

Barcha savol, taklif va mulohazalar uchun ukurbanov@inp.uz e-manzilga xat yozishingiz mumkin.