Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

“FIZIKА-2021” OʼZBEKISTON FIZIKLАRI FORUMI O'TKAZILADI

Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bagʼishlanadi

 

 Oʼzbekiston fiziklari birinchi forumi 2021-yilning dekabr oyida boʼlib oʼtadi. Ushbu forum Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bagʼishlangan boʼlib 2021-yil fizika fanini rivojlantirish yili deb eʼlon qilinishi munosabati bilan tashkil qilinmoqda, uning dasturida Oʼzbekistonda fizika fanining dolzarb yoʼnalishlari boʼyicha taqdimotlar va Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi fizika yoʼnalishidagi institutlari taqdimotlari rejalashtirilgan. Ushbu Forum doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti tashkil topganligining 65 yilligi ham nishonlanadi. Forum qatnashchilari uchun batafsil maʼlumotlar va uning dasturi 2021-yilning 10-sentyabridan boshlab ishtirokchilarga elektron pochta tizimi orqali maʼlum qilinadi. 

 Forum dasturi va oʼtkazilish muddatlariga Respublikadagi epidemiologik vaziyatga bogʼlik ravishda tegishli oʼzgarishlar kiritilishi mumkin. 

 

 Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi


×