Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Institutning ilmiy ishlanmalari

1. Suvni teskari osmotik tozalash sistemasi.
Suvni tozalash sistemasi teskari osmotik membrana texnologiyasiga asoslangan boʼlib, istalgan darajadagi minerallashgan va tuzlangan suvlarni tozalash va chuchuklashtirishga moʼljallangan. Ishlab chiqarish quvvati 400 l/soat. Tozalangan suv OzDST 950:2011 standartiga mos keladi.

2. Tezlashtirilgan elektronlar yordamida issiqlik taʼsirida kichrayuvchi polimer mahsulotlarini radiatsiyaviy usulda choklash.
Radiatsiyaviy ishlov berilishi tufayli koʼpgina polimer mahsulotlarining fizika-mexanikaviy xossalari oʼzgaradi. Аna shunday xossalaridan biri polimerlarda koʼndalang chok hosil boʼlishi tufayli, ularda “shakl xotirasi effektini” paydo boʼlishidir. Natijada bu polimer mahsulotlari issiqlik taʼsirida kichrayish xususiyatiga ega boʼladi. Radiatsiyaviy choklangan issiqlikdan kichrayuvchi bu mahsulotlar mustahkam, agressiv muhitlarga chidamli va oʼtkaziladigan mahsulotning shaklini oladi. Neftь, gaz va suv oʼtkazgichlar choklarini, kabellar va elektr oʼtkazgichlar sirtini germetik qilishning ishonchli usuli hisoblanadi.

3. Qattiq qotishmali va olmos tarkibli burgʼulash asboblarining yemirilishga chidamlilik darajasini oshirishning radiatsiyaviy texnologiyasi.
Maʼlumki, qattiq jismlarni gamma nurlari va elektronlar oqimi bilan nurlantirilishi ularda atomlarning ionlashishi va nuqtaviy nuqsonlarning paydo boʼlishiga olib keladi. Natijada bu materiallarning mustahkamlik va yemirilishga chidamlilik xossalari oshadi. Radiatsiyaviy texnologiyaning qattiq qotishmali va olmos tarkibli burgʼulash asboblariga qoʼllanilishi, ularning ekspluatatsiya koʼrsatgichlarining va burgʼulash ishlari samaradorligining oshishiga olib keladi.

4. Metall va oksidli kukunlarni ulьtratovush yordamida maydalash texnologiyasi.
Turli usullar bilan olingan keramikaning xususiyatlarini yaxshilash va shu bilan birga uning zirhga chidamliligini oshirish uchun dastlabki kukunlarga ulьtratovush yordamida ishlov beriladi. Ulьtratovush suyuq muhitda zarralarni mikrodispergiyalashning va maydalashning samarali vositasidir. Ulьtratovush keramika (30 dan 2 mkmgacha), trigidrat alyuminiy oksidi (150 dan 10 mkmgacha), bariy sulьfat, kaltsiy karbonat va metall oksidlari kabi mikro va nanomateriallarga ishlov berishga mosdir.

5. Tibbiyot buyumlarini (notoʼqima- spanbond materialli jarrohlik toʼplamlari, tibbiyot qoʼlqoplari, jarrohlik tikish iplari va h.k.) elektron tezlatgich qurilmasida radiatsiyaviy usulda zararsizlantirish (sterilizatsiya qilish) texnologiyasi.
Tibbiyot buyumlarini radiatsiyaviy usul bilan sterillashda gamma nurlaridan va elektron tezlatgichlar qurilmalaridan foydalaniladi. Radiatsiyaviy usulda sterillash anʼanaviy (termik, bugʼli va kimyoviy) usullarga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. Radiatsiyaviy usulda sterilizatsiya qilishda energiyasi 10 MeV gacha boʼlgan chiziqli elektron tezlatgichidan foydalaniladi. Mazkur parametrlarga ega boʼlgan elektronlar dastasining moddaga kirish qobiliyati yuqori boʼlganligi tufayli tibbiyot mahsulotlarini bevosita isteʼmolchi qutisida sterillanadi.

6. Kompyuterlashtirilgan va interaktiv taʼlim kompleksi: “Boʼlinuvchi radioaktiv moddalar nazorati va radiatsiyaviy xavfsizligi”.
Oliy harbiy bojxona instituti kompьyuter tarmogʼiga oʼrnatilgan va “Boʼlinuvchi va radioaktiv materiallarning bojxona nazorati” oʼquv kursi boʼyicha bojxona xodimlarini oʼqitish va malakasini oshirish uchun moʼljallangan «Boʼlinuvchi radioaktiv moddalar nazorati va radiatsiyaviy xavfsizlik» fani boʼyicha elektron oʼquv qoʼllanma.

7. Gammarid-192/120M gamma-defektoskoplari uchun kapsula koʼrinishidagi Iridiy-192 manbasini ishlab chiqarish texnologiyasi.
Umumiy aktivligi 120 Kyuri boʼlgan kapsula koʼrinishidagi Iridiy-192 manbasi boʼlgan «Gammarid-192/120M» gamma-defektoskoplari metall quvurlarning va qurilish obʼektlaridagi kavsharlash choklarining sifatini nazorat qilish uchun qoʼllaniladi.


×