• Slide 1
  • Slide 2
  • Slide 3

Eksperimental yadro fizikasi laboratoriyasi

Ish telefoni:

(998-71) -289-31-65

email: olimjon@inp.uz, olimjonrt@gmail.com

Laboratoriya tarixi

1957 yilda Yadro fizikasi institutida qurilayotgan bazaviy qurilmalar – reaktor, siklotron va gamma-qurilmasiga yo‘naltirilgan eksperimental yo‘nalishdagi yadro-fizika laboratoriyalari tashkil etildi. Ularning shakllanishi akademiklar S.V. Starodubtsev va U.A. Arifovlar rahbarligida amalga oshirildi.

1961 yilda Yadro fizikasi bo‘limi tarkibida Yadro reaktsiyalari laboratoriyasi (YaRL) tashkil etildi. Bo‘lim va laboratoriya rahbari - Yadro fizikasi instituti direktorining o‘rinbosari B.S. Mazitov - yadro-fizika yo‘nalishini rivojlantirish va kuchaytirish uchun akad. Starodubtsev boshchiligida Leningraddan Toshkentga yuborilgan olimlar guruhidan biri hisoblanadi.

1986 yilda direktor o‘rinbosari I.R. G‘ulomov boshchiligidagi U-150-II siklotron xizmati tarkibida tarqatib yuborilgan YaRL negizida yadro reaksiyalari ilmiy sektori (rahbari S.V. Artemov) tashkil etildi, 1999 yilda esa Yadro fizikasi instituti direktori akademik B.S. Yuldashevning qarori bilan sektor negizida yana YaRL (laboratoriya mudiri S.V. Artemov) qayta tashkil etildi. Shunday qilib, amalda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining tashkil etilganidan boshlab, YaRL 2015 yilda Yadro fizikasi instituti tarqatib yuborilgunga qadar muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi.

2016 yilda Yadro fizikasi instituti tarqatib yuborilgandan so‘ng va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangi saylangan prezidentining (shuningdek, qayta tiklangan Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori etib ham tayinlangan) B.S. Yuldashevning ko‘rsatmasiga binoan uni qayta tiklash jarayonida vaqtincha Siklotron radioizotoplari fizikasi va texnologiyasi laboratoriyasi tashkil etildi, uning tarkibiga YaFIda qolgan fizik - eksperimentatorlar, quyi va o‘rta energiyali yadro fizikasi sohasidagi mutaxassislar kiritildi. 2020-yilda sobiq YaRL xodimlari S.V. Artemov, O.R. Tojiboyevning faol harakatlari va B.S. Yuldashevning ko‘magi bilan uning xodimlarining bir qismidan Experimental yadro fizikasi laboratoriyasi (laboratoriya mudiri O.R. Tojiboyev) tashkil etildi, u tadqiqotlarning asosiy yo'nalishlari va xodimlarning tarkibi bo‘yicha Yadro reaksiyalari laboratoriyasining vorisi hisoblanadi. Hozirgi kunda laboratoriyani fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim Tojiboyev Olimjon Rustamovich boshqarib kelmoqda.

 

Laboratoriyaning asosiy strategik yonalishi

Experimental yadro fizikasi laboratoriyasining asosiy tadqiqot yo‘nalishi quyi energiyalarda yengil va og‘ir ionlar nurlarida hamda tez neytronlar ta’sirida nuklonlar va klasterlarni uzatilishyadro reaksiyalarini eksperimental o‘rganish, shuningdekota quyi energiyalarda yulduz muhiti uchun xos bo‘lgan yadro-astrofizik jarayonlarni o‘rganishdir. Bunday ma’lumotlar yadro reaktsiyalari nazariyasi nuqtai nazaridan yadro fizikasining rivojlanishi uchun, yadro astrofizikasida nukleosintez reaktsiyalarining astrofizik S-faktorlari va tezligini ekstrapolyatsiya qilish uchun, kosmologiyada Quyoshning standart modelini tekshirish uchun hamda termoyadroviy energetika uchun termoyadroviy jarayonlarda sintezlash kesimlarini va energiya ajralib chiqishini hisoblashda shubhasiz katta ahamiyatga ega.

Laboratoriya faoliyatining asosiy natijalari:

NG-150 neytron generatori bazasida:

  • Turli xil materiallar va muhitdagi barcha vodorod va geliy izotoplarining tarkibi hamda kontsenrtasiya profillarini, ularning yig‘ilish (agregat) holatidan qat’iy nazar, aniqlash uchun noyob usul va tegishli tajriba qurilmasi yaratilgan. Usul NERD (Neutron-induced Elastic Recoil Detection) deb ham nomlanadi va ushbu qisqartma ilmiy olamda qabul qilindi;

  • Yuqori samarali HPGe-detektori va ikki yelkali (двухплечевого) stsintilyatsion spektrometrga asoslangan gamma-spektrometriya yordamida tez neytronlar bilan yengil elementlarni instrumental tahlil qilish usuli ishlab chiqildi;

  • Zaryadlangan zarrachalarni qayd qilish va identifikatsiyalash uchun yarimo‘tkazgichli ∆E-E tizimidan foydalangan holda tez neytronlar ta’sirida yadro reaksiyalari differentsial kesimlarini o‘lchashning aniq texnikasi ishlab chiqildi;

  • Tez neytronlar ta’sirida reaktsiyalarning to‘liq kesimlarini o‘tkazish usuli bilan o‘lchashning sodda va samarali usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, u yarimo‘tkazgichli kremniy detektori yordamida tez neytronlarni detektor materialidagi 28Si(n,α)25Mg reaktsiyasidagi alfa zarrachalarning piki (cho‘qqisi) asosida aniqlash imkonini beradi;

  • Tepki deytron usuli yordamida tez neytronlarning energetik spektrlarini o‘lchash texnikasi ishlab chiqildi;

  • Tez neytronlar oqimi yordamida zaryadlangan zarrachalarni qayd qiluvchi yarimo‘tkazgichli detektorlar sezgirlik sihasining (qatlamining) qalinligini o‘lchash uslubi ishlab chiqildi;

  • O‘zRFA YaFI NG-150 neytron generatori bazasida yuqori intensivlikdagi neytron manbai varianti ishlab chiqildi va “Neytron generatori + tabiiy yoki kambag‘allashgan urandan yig‘ilgan nishonlar” tizimida ADS (Accelerator Driven Systems) qurilmasining yangi konsepsiyasi shakllantirildi.

EG2 “Sokol” elektrostatik tezlatgich bazasida O‘zMU qoshidagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy tekshirish institutining tezlatgichlar laboratoriyasi xodimlari bilan hamkorlikda:

  • Quyi energiyalarda zaryadlangan zarrachalarni radiatsion qamrash reaktsiyalari chiqish kattaliklarini yuqori tozalikdagi HPGe-detektorlar bazasida o‘lchash uslubi va ikki yelkali gamma-spektrometrga asoslangan past fonli qurilma ishlab chiqildi;

  • Mos holda, protonlarning energiyasi (Ер) 300 keV ва ~ 600 keV dan past energiya diapazonida astrofizikaviy ahamiyatga ega 12С(р,γ)13N va 16O(р,γ)17F reaktsiyalarining chiqish kattaliklari bo‘yicha yangi eksperimental ma’lumotlar olindi.

Yengil ionlarning yadrolar bilan oʻzaro taʼsirida (А<40) nuklonlar va nuklonli klasterlar uzatilishi yadro reaksiyalarini oʻrganish (A<40).

 

Deytronlar, 3He yadrolari va yengil ionlarning A = 6-28 qator yadrolari bilan oʻzaro taʼsirlashuvida nuklonlar uzatilishi bilan kechadigan sochilish va reaksiyalarning eksperimental kesimlari olindi. Tajribalar U-150M (Olmaota, Qozogʻiston), DС-60 (Ostona, Qozogʻiston), C200-P (Varshava, Polsha) siklotronlarida Italiya (Kataniya universiteti), Polsha (Varshava Universiteti), Qozogʻiston (Nazarboyev universiteti, Yadro fizikasi instituti), Rossiya (“Kurchatov instituti” Milliy tadqiqot markazi, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Ilmiy-tadqiqot yadro fizikasi instituti), BYaTI (V.I. Veksler va A.M. Baldin nomidagi Yuqori energiyalar fizikasi laboratoriyasi) olimlari bilan ikki tomonlama oʻzaro anglashinuv memorandumlari va ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomalar doirasida hamkorlikda oʻtkazildi.

Yadro reaksiyalari mexanizmlari va bir zarrachali yadroviy sathlarning spektroskopik xarakteristikalari toʻgʻrisida maʼlumot olindi. Olingan maʼlumotlar oʻta quyi (yulduz) energiyalardagi yadro astrofizikaviy (termoyadro) reaksiyalar kesimlari va tezliklarini ekstrapolyatsiya qilish hisoblarida qoʻllaniladi.

Laboratoriyaning eksperimental bazasi haqida ma’lumot:

  • NG-150 neytron generatori - d+T oqimda neytronlarning maksimal qiymati  bo‘yicha 1010n/s;
  • CANBERRA kompaniyasining toza germaniydan tayyorlangan yarimo‘tkazgichli detektori asosidagi gamma-spektrometr;
  • Yadro reaktsiyasi mahsulotlarini qayd etish va identifikatsiyalash uchun yarimo'tkazgichli ΔЕ-Е texnikasi bilan jihozlangan tadqiqot reaksiya kameralari;
  • Ko‘p kanalli yadroviy elektronika (Mesytec, CAMAC va NIM standartlaridagi elektron modulli kreytlar);
  • SDMF-1608 Pro Mobile neytron spektromentri-dozimetri.

 

So‘nggi yillarda xorijiy va mahalliy jurnallarda chop etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati

 

Ilmiy maqolalar

1

S. V. Artemov, O. Sh. Zhuraev, A. A. Karakhodzhaev, M. A. Kayumov, V. P. Yakushev, and O. R. Tozhiboev.// An Automated Technique for Identifying and Measuring Activities of Short_Lived Radionuclides. Instruments and Experimental Techniques, 2013, Vol. 56, №2, pp. 205–208.

2

О.R. Tojiboev, R.Yarmukhamedov, S.V.Artemov and M.Kajumov //On the asymptotic normalization coefficients for p+7Be→8B from the peripheral reaction 7Be(d,n)8and their nuclear-astrophysical application УФЖ 2014, т16 №4 стр 247-253.

3

M.K.Aliev, S.V.Artemov, Sh. Baratbaev, S.B. Igamov, A.A. Karakhodjaev, T.M. Muminov, G.A. Raduk, R.F. Rumi, U.S. Salikhbaev, O.R. Tojibaev, R.I.Khalikov, I.Kholbaev, Sh.Kh. Eshkobilov.// Multi detector setup for nuclear astrophysical reaction studies on the low energy ion beam. УФЖ. 2015 гт17 №1-2 стр 9-16.

4

S.V. Artemov, S.B.Igamov, A.A.Karakhodjaev, G.A.Radyuk, O.R.Tojiboyev, U.S.Salikhbaev, F.Kh.Ergashev, I.V.Nam, M.K.Aliev, I.Kholbaev, R.F.Rumi, R.I. Khalikov, Sh.Kh.Eshkobilov, T.M.Muminov.// A Modified activation method for reaction total cross section and yield measurements at low astrophysically relevant energies. Nucl. Instr. and Meth. in Phys. Research A 825 (2016) 17-23.

5

O. R. Tojiboev, R. Yarmukhamedov, S. V. Artemov, S. B. Sakuta.// Asymptotic normalization coefficients for 7Be + p → 8B from the peripheral 7Be(d,n)8B reaction and their astrophysical application. Phys. Rev. C94 054616 (2016)

6

R. Yarmukhamedov, O. R. Tojiboev, S. V. Artemov // Asymptotic normalization coefficients for α + 3He → 7Be from the peripheral α-particle transfer reactions and their astrophysical application. IL NUOVO CIMENTO 39 C (2016) 364

7

R. Yarmukhamedov, O. Tojiboev and S. V. Artemov // Indirect methods and ANCs for nuclear astrophysics JPS Conf. Proc. 021003 (2017)

8

Артемов С.В., Буртебаев Н., Игамов С.Б., Караходжаев А.А., Тожибоев О.Р., Юлдашев Б.С. Анализ реакций передачи нуклона с участием изотопов магния и алюминия // Доклады Академии наук Республики Узбекистан. Ташкент, 2018. №3. C.38-43.

9

S. V. Artemov, S. B. Igamov, A. A. Karakhodzhaev, O. R. Tojiboyev, F. Kh. Ergashev, N. Burtebayev, I. Kholbaev, R. F. Rumi, Sh. Kh. Eshkobilov and R. I. Khalikov // Modificated activation method for measurement of the yield of the astrophysical reactions // International Journal of Modern Physics: Conference Series Vol. 49 (2019) 1960013

10

С.В. Артемов, Г.А. Абдуллаева, М.А. Каюмов, А.А. Караходжаев, Г.А. Кулабдуллаев, Э.Т. Рузиев, В.А. Татарчук, О.Р. Тожибоев, Ф.Х. Эргашев, Б.С. Юлдашев //Методы измерений спектров быстрых нейтронов на нейтронном генераторе НГ-150 ИЯФ АН РУз // Вестник молодых ученых 2019 с. 27-31

11

G. G. Kiss, M. La Cognata, C. Spitaleri, R. Yarmukhamedov, S.B. Igamov, et al //Astrophysical S-factor for the 3He(α,g)7Be reaction via the asymptotic normalization coefficient (ANC) method // Physics Letters B 807:135606 (2020)

12

S. V. Artemov, F. Kh. Ergashev, M. A. Kajumov, A. A. Karakhodzhaev, O. R. Tojiboev, G. A. Abdullaeva, G. A. Kulabdullaev, E. T. Ruziev, V. A. Tatarchuk, and B. S. Yuldashev // Total Neutron Cross Section Measurements at the Energy 14.1 MeV for 12C, 19F, 32S, 115In128Te, 208Pb // Bulletin of the Russian Academy of Sciences: Physics, 2020, Vol. 84, No. 8, pp. 894–897.

13

Ж. Хушвактов, Б. Юлдашев, С. Артемов, М. Каюмов, Г. Кулабдуллаев, А. Караходжаев, Э. Бозоров, Г. Абдуллаева, О. Тожибоев, В. Татарчук, Ф. Эргашев, Э. Рузиев // К Моделированию natU+232Th Нейтронного Источника На Основе D+T Нейтронного Генератора // Известия РАН. Серия физическая, 2020, том 84, № 12, с.1800–1802

14

Kiss, G.G., La Cognata, M., Yarmukhamedov, R., Tursunmakhatov, K.I., Baby, L.T., Cherubini, Igamov, S.B. et al // Indirect determination of the astrophysical S factor for the 6Li(p,γ)7Be reaction using the asymptotic normalization coefficient method // Phys. Rev. C104, 1, 015807 2021, doi/10.1103/PhysRevC.104.015807

15

Ergashev F.Kh.Artemov S.V.Ikromkhonov E.Sh.Tojiboev O.R., Karakhodjaev A.A., Tojiboev Kh.R., Ruziev E.T., Bakhranov O.O.Tatarchuk V.A. // The total neutron cross sections for the N, O, Al, and Si elements at the energy of 14.1 MeV // Acta Physica Polonica B, Proceedings Supplement2021, 14(4), 849–855

16

Tojiboev O.R.Artemov S.V.Ergashev F.Kh.Kayumov M.A.Karakhodjaev A.A. // Clarification of the spectroscopic factor for 25Mg − 24Mg + n via the “experimental” ANC // Acta Physica Polonica B, Proceedings Supplement2021, 14(4), 665–671

17

Artemov S.V.Yarmukhamedov R.Burtebayev N., Karakhodjaev A.A., Ergashev F.Kh., Maulen Nassurlla, Igamov S.B., Amangeldi N., Morzabayev A., Burtebayeva J., Zhdanov V.S., Yergaliuly G., piasecki E., Rusek K., Sakuta S.B., Demyanova A., Tojiboev O.R., Trzcinska A., Sabidolla A., Khojayev R., Tursunmakhatov K.I., Marzhan Nassurlla, Wolinska-Cichocka M., Sadykov, T.K.Saduyev, N. // Asymptotic normalization coefficient for 12C+p→13N from the 12C(10B,9Be)13N reaction and the 12C(p,γ)13N astrophysical S factor // European Physical Journal A2022, 58(2), 24

18

F.Kh. Ergashev, S.V. Artemov, O.R. Tojiboev A.A. Karakhodzhaev, K. Rusek, A. Trzcińska, M. Wolińska-Cichocka, E. Piasecki, N. Burtebayev, S.B. Sakuta, Maulen Nassurlla Marzhan Nassurlla, R.F. Rumi // Asymptotic normalization coefficients for the 17F→16O+p configuration from the 16O(10B,9Be)17F reaction and estimation of the 16O(p,γ)17F astrophysical S-factor // Acta Physica Polonica B 2022, 53, 9A-5

19

O.R. Tojiboev, S.V. Artemov, F.Kh. Ergashev, A.A. Karakhodjaev, E.T. Ruziev, E.Sh. Ikromkhonov, I.Z. Tursunboyev, K. Rusek, M. Wolińska-Cichocka, N. Burtebayev, S.B. Sakuta, Maulen Nassurlla, Marzhan Nassurlla, I. Boztosun, Sh. Hamada // Asymptotic normalization coefficients of 28Si→27Al+p configurations from the proton transfer reaction // Acta Physica Polonica B Proceedings Supplement 16, 2-A4 (2023)

20

Maulen Nassurlla, N. Burtebayev, S.B. Sakuta Marzhan Nassurlla, A. Sabidolda, S.V. Artemov, E.T. Ruziev, F.Kh. Ergashev, O.R. Tojiboev, K. Rusek, A. Trzcińska, M. Wolińska-Cichocka, I. Boztosun, A. Amar // 11B(15N,14C)12C reaction mechanisms and anc for the 15N→14C+p configuration // Acta Physica Polonica B Proceedings Supplement 16, 2-A14 (2023)

21

Э.ТРузиевС.ВАртемовО.РТожибоевФ.ХЭргашевБ.СЮлдашев // АНК связанных состояний 15N→14C+р, 16O→15N+р, 19F→18O+р, 32S→31P+р из анализа реакций (n,d) // Доклады Академии наук Республики Узбекистан (ДАН), 2023, №4, pp. 42–50.

22

Ruziev E.T., Artemov S.V., Tojiboev O.R. АНК and СФ of bound states 15N→14C+р, 16O→15N+р, 19F→18O+p, 32S→31P+p // International Journal of Modern Physics E. 2024. Vol. 33, No. 06, 2450024

23

Maulen Nassurlla, N. Burtebayev, S.B. Sakuta, Sh. Hamada, S.V. Artemov, K. Rusek, Nassurlla Marzhan, N. Amangeldi, B. Mauyey, G. Yergaliuly, F. Ergashev, A. Sabidolda, R. Khojayev, Y.B. Mukanov, E. Piasecki, Awad A. Ibraheem // Scattering of 10B ions on 11B nuclei at an energy of 41.3 MeV // European Physical Journal A, vol. 60, No. 30. (2024) 14 p

24

N Amangeldi, N Burtebayev, S V Artemov, Maulen Nassurlla, B Mauyey, G Yergaliuly, Marzhan Nassurlla, F KH Ergashev, D Soldatkhan, D S Shaudirbayeva, Awad A Ibraheem and SH Hamada // Efficiency of the new B3Y-fetal potential in the analysis of the elastic and inelastic angular distributions for the 10B+12C system // Pramana Journal of Physics, Vol. 98, No. 106. (2024) 13 p

25

С. К. Сахиев, Д. М. Зазулин, С. В. Артемов, Н. Т. Буртебаев, Маулен Насурлла, Д. Алимов, Маржан Насурлла, А. Сабидолда, Р. Ходжаев, Е. Б. Муканов, Д. А. Исаев, С. Е. Кемелжанова, Я. В. Сидоров, А. Ш. Турсумбеков // Новые результаты для радиационного p-11B захвата при низких энергиях // Вестник НЯЦ РК (2024) №3 стр. 5-11.

26

S.K. Sakhiyev, S.V. Artemov, N. Burtebayev, S.B. Sakuta, S.B. Igamov, Maulen Nassurlla, K. Rusek, M. Wolińska-Cichocka, N. Amangeldi, Marzhan Nassurlla, A. Trzcińska, G. Yergaliuly, F.Kh. Ergashev, O.R.Tojiboev,  I.Ya. Son,A.Sabidolda, R. Khojayev, Y.B. Mukanov, D.A. Issayev // Asymptotic normalization coefficients for 11B+p12C from the 11B(10B, 9Be)12C reaction and the 11B(p, γ)12C astrophysical S factor // Results in physics Vol67 (2024) 108050