Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

FAOLIYAT

Institutning ilmiy, tashkiliy hamda iqtisodiy faoliyati

YaFI ustavidan koʼchirma

4. Institutning ustuvor vazifalari.

Yadro fizikasi sohasida:

  • Relyativistik yadrolar va zarralarni birlamchi energiyalarni yuqori diapazonidagi yadrolar bilan oʼzaro toʼqnashuvini tadqiq etish; adronlarni koʼp sonli generatsiyasini oʼrganish borasida tajribalar oʼtkazish, koʼp barionli rezonanslar va izobarlarni yadrolar bilan oʼzaro toʼqnashuvida aniqlash, qutblashtirilgan va qutblashtirilmagan adron nur tolalarini qoʼllash orqali adronli toʼqnashuvlarni oʼzaro taʼsirlarini toʼliq kesimini oʼlchash boʼyicha ishlarni olib borish;
  • Yadroviy reaktsiyalar, atom yadrolarini xususiyatlari hamda elementar zarralarni nazariy va tajribaviy jihatdan tadqiq etish, yadroviy reaktsiyalarni koʼp nuklonli oʼtish jarayonlari bilan birgalikda tadqiq etish, yadrolarni yuqori konstantlarini aniqlash, elementar zarralarni yangi turlarini yaratish, astrofizikani bir qator jumboqlarini hal etishda kam quvvatli energiyalar yadro fizikasini natijalarini qoʼllash.
  • Kam quvvatli energiyalarda yadrolarni yuqori uygʼotilgan holatlarini hamda yadrolarni bir-biri bilan oʼzaro taʼsirlarini tadqiq etish, atom yadrolari modellarini ogʼir neytrino-nazariy tarzda tadqiq etish turlarini aniqlashda tajribalar oʼtkazish.
  • Ilmiy tadqiqot reaktorlarida, tezlatgichlarda hamda yadro texnika sohasida qoʼllaniladigan turli xildagi materiallarga radiatsiyaviy nurlanishni oʼzaro taʼsirini ilmiy tadqiq etish, yangi materiallarni yaratish.

Qattiq jismlarni radiatsiyaviy fizikasi, radiatsiyaviy materialshunoslik va asbobsozlik sohasida:

  • Tartibli va notartib tizimlarda keng koʼlamdagi materiallar hamda ularning alohida xususiyatlarini umumiy qonunlarini yuzaga chiqarish maqsadida murakkab tarkibli qattiq jismlarda radiatsiyaviy oʼtish jarayonlarini alohida xususiyatlarini tadqiq etish;
  • Oʼta past haroratlarda murakkab tizimlarda ilgʼor fazaviy oʼzgarishlarni tadqiq etish va spinodal yemirilishlar hamda radiatsiyaviy ilgʼor elektron jarayonlarni oʼrganish; tayyor mahsulotlarni xususiyatlari va holat koʼrsatkichlarini boshqarishda radiatsiyani qoʼllashni texnologik aspektlarini oldindan aniqlashga imkon beruvchi chegara boʼlimlarda yuz beradigan fizik hodisalarni oʼrganish;
  • Metaturgʼun holatlarga erishishni radiatsiyaviy uslublari hamda radiatsiya yordamida erishib boʼlmaydigan muhitlarni relaksatsyasini dozimetriya yordamida yetarli holatga yetishini tadqiq etish, yuqori intensivli nurlanishlarda sinergetik hodisalar asnosida radiatsiyaviy texnologiyalarni yangi aspektlarini topish;
  • Turli xildagi murakkab materiallarni yaratishda elektron spektrni radiatsiyaviy injeneriyasini tadqiq etish, materiallar va mahsulotlarning koʼrsatilgan xususiyat va xarakterli jihatlarini rivojlantirish va takomillashtirish hamda radiatsiyani birlashgan taʼsirlarini shuningdek boshqa fizikaviy maydonlarni oʼrganish, materiallar va mahsulotlarni radiatsiyaga sezuvchanlik darajasini fizikaviy asoslarini ishlab chiqish.

Аktivatsiyaviy tahlil sohasida:

  • Murakkab tarkibli materiallarni yuqori taʼsirchan koʼp elementli tahliliy usullarini tadqiq etishni nazariy va uslubiy asoslarini yaratish, birinchi navbatda atrof-muhitdagi jismlarda kimyoviy elementlarni topish usullarini hamda tahlilni keng koʼlamli turlarini oʼrganish, analitik usullarni maʼlumotlilik darajasini oshirish imkoniyatlarini tadqiq etish, radioaktiv izotoplar va nishonli birikmalarni ishlab chiqarishni yangi texnologiyalarini takomillashtirish hamda Oʼzbekiston Respublikasini ilmiy va tibbiy muassasalarini ehtiyoji uchun zarur boʼlgan ilmiy preparatlarni sanoat darajasida ishlab chiqarishni hamda mahsulotlarni chet elga eksport qilishni yoʼlga qoʼyish.
  • Аtrorf-muhitni muhofazasi hamda ekologik tadqiqotlarni olib borish maqsadida toksikantlarni aniqlashni yangi yuqori taʼsirchan skrining radioanalitik usullarini yaratish, Oʼzbekistonni butun aholisini skrining test koʼrigidan oʼtkazish uchun tibbiy diagnostikani(tashxisni) ilgʼor va samarali radiokimyoviy va radioanalitik usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish.

Radiokimyo va radioizotoplarni ishlab chiqarish sohasida:

  • Ts, Im, Re va boshqa radionuklidli generatorlar tizimlarini ishlab chiqarishni yangi texnologiyalarini yaratish hamda yoʼlga qoʼyish; radiodiagnostikada va radioterapiyada qoʼllaniladigan ulьtra kam yashovchi radionuklidlarni ishlab chiqarish uchun generatorli tizimlarni yaratish, shuningdek, past energiyali nurlantirgichlar R, R va S yordamida nishonlangan nukleinli kislotalar birikmasini takomillashtirish;
  • Oʼta xavfli ifloslantiruvchi elementlarni radioaktiv tritiy bilan nishonlantirilgan analoglarini olish; past molekulyar toksikantlarni yuqori maxsus immunoradiometrik tahlil usullarini ishlab chiqish; tahlil tizimlarini yangi avlodini yaratish imkoniyatlari ustida izlanishlar olib borish.

Ilmiy tadqiqotlarni avtomatizatsiyalashtirish sohasida:

  • Mikroprotsessorlarni qoʼllash asnosida institutni asosiy yadrogʼfizikaviy qurilmalari uchun tajribaviy tadqiqotlar va ular haqidagi maʼlumotlarni qayta ishlash tizimini avtomatizatsiyasini yaratish va takomillashtirish;
  • Institutni hisoblash-oʼlchash ishlari bilan shugʼullanadigan ilmiy laboratoriyalari va boshqa boʼlimlarini rivojlantirish; Institutni EVM mahalliy tarmogʼi hamda kichik mahalliy tarmogʼlarini tashkil etish;
  • Yuqori ishlab chiqarish salohiyatiga ega boʼlgan EVM kompьyuterlari bilan jihozlangan hamda ilmiy texnikaviy hisobotlarni amalga oshirishga imkon beruvchi hisoblash markazlarini yaratish, amaliy dasturlarni maʼlumotlar bazasi hamda toʼplamini oʼzida mujassam etgan mantiqiy hisoblash tizimlari bazasi asnosida fizik jarayonlarni modellashtirish ustida ishlar olib borish, shuningdek institutni ilmiy-tashkiliy faoliyatini avtomatizatsiyalashtirishga oid ishlarni amalga oshirish.

5. Institut fizikani tegishli sohalarida amalga oshirilayotgan tadqiqotlarni yoʼnalishi hamda rivojlanish darajasini samaradorligiga, shuningdek tadqiqotlar natijasini xalq xoʼjaligiga keng koʼlamda tadbiq etilishini yoʼlga qoʼyilishiga masʼuldir.

6. Institut tadqiqotlarni amaliy yoʼnalishlarini tashkil etib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot texnologiyasini raqobatbardoshliligi hamda ishlanmalarning ilmiy-texnikaviy salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi ixtirolar boʼyicha ijodiy faoliyatlarni qoʼllab quvvatlaydi va yuksak darajada baholaydi.

7. Institut oʼz oldiga qoʼygan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda

  • Oʼz FА Hayʼati tomonidan tasdiqlangan reja asosida ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyatlarni amalaga oshiradi hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda erishilgan natijalarni ilm-fan, texnika va xalq xoʼjaligida qoʼllash borasida tegishli choralar koʼradi;
  • Yadro spektroskopiya, yadroviy jarayonlar, qattiq jismlar fizikasi, analitik kimyo, yadroviy va radiatsiyaviy fizika, radiokimyo, atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish hamda yadro fizikani yutuqlarini turli jabhalarda qoʼllash sohalarida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot va amaliy ishlar boʼyicha tuzilgan rejalarni institutni ilmiy kengashi bilan birgalikda nazorat etadi;
  • Ilmiy tadqiqot ishlarini mudofaviy qobiliyatini yuzaga chiqarish maqsadida tahliliy sinovlarni amalga oshiradi;
  • Institut xodimlarini ilmiy malakasini oshirish hamda ilm-fan sohasida kadrlarni tayyorlash boʼyicha bir qator ishlarni amalga oshiradi, yosh mutaxassislarga oʼzlarining ilmiy faoliyatlarini bajarishda kerakli yordamni koʼrsatadi;
  • Barcha ilmiy laboratoriyalari uchun patent haqida maʼlumotlar berishni taʼminlaydi;
  • Institutda olib borilayotgan tadqiqotlar boʼyicha muhokamalar, konferentsiyalar, fan sohasidagi muammolarga oid kengashlar tashkil etadi;
  • Ilmiy tadqiqotlarni materiallarini nashrga tayyorlash ishlarini amalga oshiradi, preprintlar, monografiyalar va ilmiy maqolalarni nashrga chiqarish boʼyicha umumiy rahbariy-tashkiliy ishlarni amalaga oshiradi;
  • Institutda amalaga oshirilayotgan va erishilgan natijalar boʼyicha maʼlumotlarni tegishli tashkilotlarga va ilmiy muassasalarga tayyorlash va yetkazib berish boʼyicha ishlarni amalga oshiradi, ilmiy bilimlarni propaganda(daʼvat etish, yoyish) etish ishlarini tashkil etadi;
  • Xorijiy mamlakatlardagi ilm-fan taraqqiyoti darajasini oʼrganadi, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyatlarni amalga oshirishni yoʼlga qoʼyadi;
  • Institutda amalga oshirilgan tadqiqotlarni ilmiy va davlat ahamiyatidagi himoyasini taʼminlaydi, ixtirolik boʼyicha amalga oshiriladigan ishlarni bajarilishiga shart-sharoit yaratadi;
  • Ixtirolarni tadbiq etish va ular borasida tushgan ijobiy takliflarni oʼz vaqtida koʼrib chiqishni taʼminlaydi;
  • Institutni boʼlimlarida ishlab chiqarilgan ishlanmalarni huquqiy himoyasi boʼyicha davlat va xorijiy mamlakatlarda choralar koʼradi, ixtirolarning mualliflari bilan patent olish uchun shartnomalar imzolaydi;
  • Bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini ruyxatga oladi, bajarilgan ishlar toʼgʼrisida tegishli axborot organlariga ilmiy-texnikaviy maʼlumotlar va hisobotlarni tayyorlaydi;
  • Institut kichik, qoʼshma va ijaraviy korxonalarni tashkil etish yoʼli bilan oʼzining mustaqil xoʼjalik va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshiradi;

8. Institut qurilish, rekonstruktsiya hamda asosiy fondlarni kapital taʼmirlash boʼyicha ishlarni amalga oshiradi, obʼekt va olingan qurilmalarni zudlik bilan ishga tushirilishini taʼminlaydi;

9. Institut ilmiy tadqiqot ishlarini moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlashni operativ tarzda faolligini oshirishga bor imkoniyatini ishga soladi;

10. Institut oʼzining qoʼlga kiritgan pul mablagʼlarini byudjet boʼyicha amalga oshirilgan hisobotlar va soliq toʼlovlaridan keyin mustaqil ravishda tasarruf etish huquqiga egadir hamda ularni institutni ilmiy kengashi qarori bilan oʼzining hohishiga qarab ishlatish huquqiga ham egadir;

  • Institut xoʼjalik shartnomalar boʼyicha ajratilgan va taqdim etilgan moliyaviy resurslarni tasarruf etadi, hamda ushbu resurslarni maksimal tarzda tejash ishlarini va davlat byudjeti, bank muassasalari, buyurtmachilar, shartnomachilar hamda boshqa tashkilotlar bilan oʼz vaqtida hisobotlarni olib borishni taʼminlaydi;

11. Institut hisoblash ishlarini amalaga oshiradi, hisoblash va sanash ishlarini ilgʼor shakl va usullarini tadbiq etadi, tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlar asosida hisobotlarni tayyorlab, ularni belgilangan muddatda oʼz vaqtida tegishli organlarga taqdim etadi;

12. Institut oʼz xodimlari ishlarini ilmiy salohiyatini oshirish uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratadi, mehnat muhofazasi qonunchiligini qonun-qoidalariga, texnik xavfsizlik, ishlab chiqarishdagi sanitariya meʼyorlariga hamda mehnat tartib-qoidalariga amal qilinayotganligini taʼminlaydi.

Institut belgilab qoʼyilgan tartib-qoidalar asosida oʼz xodimlarini attestatsiyadan oʼtkazish ishlarini amalga oshiradi hamda ilmiy xodimlarni boʼsh oʼrin lavozimlarga konkurs sinovlar asnosida qabul qiladi.

13. Institut xodimlari uchun tayinlangan mehnat toʼlovi tizimini yanada faol tarzda amalga oshirishda turli meʼyoriy choralarni qoʼllaydi.

14. Institut barcha boʼlimlarini qabul qilingan majburiyatlarini bajarilishini taʼminlashda faolik koʼrsatadi hamda doimo xodimlarini mehnat, maishiy va hordiq chiqarish sharoitlarini yaxshilash haqida qaygʼuradi.

15. Institut xodimlari oʼz oldilariga qoʼyilgan vazifalarni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirishganliklari uchun yuksak baholanib, tegishli amaldagi qonunchilik asnosida mukofotlanadilar.

16. Institut atrof-muhit, havo, tuproq va suv omborlarini ifloslangan oqar suvlar va axlatlar natijasida ifloslanishidan himoya qilishni barcha kerakli choralarini qoʼllaydi.

17. Institut ilmiy faoliyatini baholash Oʼz FА Hayʼati tomonidan belgilangan tartibda 3 yilda 1 marta amalga oshiriladi, ushbu baholash natijalariga qarab tegishli qarorlar qabul qilinadi.


×