Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Yosh olimlar kengashi

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi
Yadro fizikasi instituti
Yosh olimlar kengashi

Oʼzbekiston deb atalmish ona yurtni rivoji uchun samarali mexnatimiz bilan xissa qoʼshish bizning oliy maqsadimiz.
OʼzR FА YaFI yosh olimlar kengashining (YoOK) faoliyati YaFI yosh olimlarining ilmiy, ijodiy faolligini rivojlantirish, hamda ishlash, yashash sharoitlarini yaxshilash va ishdan tashqari vaqtlarini toʼgʼri tashkil qilish kabi masalalarda yoshlarga yordam berish bilan bogʼliq.

YoOK faoliyati maqsadi YaFI yosh olimlarini professional oʼsishida koʼmaklashish, dolzarb ilmiy muommolarni yechishda ularning kuchlarini birlashtirishdir.

Yuqorida aytib oʼtilgan maqsadlarga erishish uchun YaFI Yosh olimlar kengashi quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:

  • YaFI yosh olimlari qatnashishi mumkin boʼlgan ilmiy konferentsiyalar, seminarlar, maktablar va oʼquv mashgʼulotlarni tashkil qiladi;
  • Oʼzbekistonda va xorijda oʼtkazilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy anjumanlar haqida yosh olimlarga maʼlumot berish, yosh olimlarga zarur boʼlgan maʼlumotlar tizmini yaratish, maslahat berish va boshqa xizmatlar koʼrsatish boʼyicha ishlarni amalga oshiradi;
  • Yosh olimlarning yashash va ishlash sharoitini yaxshilashga, ularning ishdan tashqari vaqtini toʼgʼri tashkil qilishga qaratilgan ishlarni amalga oshiradi.

Hozirgi kunda Yadro fizikasi institutida 40 yoshgacha boʼlgan 54 ta xodim faoliyat olib bormoqda. Shulardan 5 tasi fan nomzodi ilmiy darajasiga ega; 2 tasi katta ilmiy xodim, 14 tasi kichik ilmiy xodim, 7 tasi katta ilmiy xodim – tadqiqotchi, 16 tasi yetakchi muhandis va 15 tasi muhandis lavozimida ishlab kelmoqdalar.

Kengash raisi: f.-m.f.n. Kurbanov U.

Barcha savol, taklif va mulohazalar uchun ukurbanov@inp.uz e-manzilga xat yozishingiz yoki (+998 71) 289-25-57 va (+998 90) 991-21-64 telefonlarga murojaat etishingiz mumkin.


×