EKOLOGIYA VA BIOTEXNOLOGIYALAR LABORATORIYASI
Laboratoriya tarixi
Ekologiya va biotexnologiya laboratoriyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 292-sonli qarorining 3-ilovasiga asosan tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4526-son qaroriga asosan laboratoriya bazaviy byudjet mablag‘lariga o‘tkazilgan. Faoliyatini boshlagan kundan boshlab ushbu laboratoriyaga texnika fanlari doktori, professor B.I.Kurbanov raxbarlik qilib kelmoqda.
Laboratoriyaning asosiy strategik yo'nalishiEkologiya va biotexnologiyalar laboratoriyasining asosiy maqsadlari turli sanoat tarmoqlari: ekologiya, kon-metallurgiya sanoati, tibbiy va biologik ob'ektlar va boshqalar uchun kimyoviy elementlar tahlilining yadro-fizikaviy usullaridan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishdan iborat. Kasallik belgilari paydo bo'lgunga qadar erta bosqichda kasalliklarni aniqlash va kasalliklarni erta tashxislash uchun sochning instrumental neytron aktivatsion tahlilidan foydalangan holda bolalar va kattalar tanasining elementlar holatini o'rganish laboratoriyaning istiqbolli yo'nalishi hisoblanadi.
Laboratoriya yaratishning dolzarbligiAtrof-muhitning salomatlikka ta'sirini baholash uchun ekologiya va biotibbiyot tadqiqotlarida yadroviy fizik tadqiqot usullarini qo'llashning muhim muammolaridan biri bu mikroelementlarning sog'lom va patologik holatida inson organizmida taqsimlanish qononiyatlarini o‘rganish, atrof-muhitdagi og'ir va toksik elementlarning migratsiya shakli va fazoviy tarqalishini aniqlash hisoblanadi.
Laboratoriyaning ilmiy yutuqlariLaboratoriya o‘z faoliyati davomida 4526-sonli “Tog‘-kon metallurgiya, ekologiya va tibbiyotda qo‘llash uchun turli xil tabiiy, biologik va texnogen ob’ektlarda makro va mikroelementlarning taqsimlanish qonuniyatlarini o‘rganish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi.Mavzu bo'yicha tadqiqot olib borish jarayonida atrof-muhit ob'ektlari uchun takomillashtirilgan INAA uslubiyati ishlab chiqildi. O‘U № O‘zO‘U 07.0894: 2024. O'zbekiston Respublikasi Davlat standarti reestrida davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Rudalar va geologik namunalardagi kumush va volfram miqdorini fotoyadroviy reaksiyalar jarayonida hosil boʻlgan izomerlar asosida tezkor aniqlash uslubiyati ishlab chiqilgan. O‘U № O‘zO‘U 07.0879: 2022 O'zbekiston Respublikasi Davlat standarti reestrida davlat ro‘yxatidan o‘tgan.Eksperimental ma'lumotlarga asoslanib, uzoq muddatli jigar sirrozi va parkinsonizm sindromi bilan og'rigan bemorlarning sochlarini tahlil qilish orqali organizmda makro- va mikroelementlarning taqsimlanish qonuniyatlari aniqlandi. 2020-2024 yillar davomida ushbu mavzu bo'yicha olingan yangi natijalar asosida laboratoriya jamoasi tomonidan 82 ta ilmiy ishlar chop etildi, shu jumladan monografiyalar, xalqaro nufuzli jurnallardagi ilmiy maqolalar, xalqaro va respublika ilmiy anjumanlari materiallari.