• Slide 1
  • Slide 2
  • Slide 3

                        Sohalararo texnologiyalar laboratoriyasi 

                                                                     Тел. (998-71)-289-31-44

                                                                      email: renat@inp.uz

 

                                                     Laboratoriya tarixi

Sohalararo texnologiyalar laboratoriyasi 2017 yilda institutda 1985 yildan beri mavjud bo‘lgan Ilmiy asbobsozlik bo‘limi negizida tashkil etilgan. Laboratoriya mudiri – f.-m.f.n., katta ilmiy xodim Xaydarov Renat Rashidovich (h-indeksi = 11).

                             Laboratoriyaning asosiy strategik yo'nalishlari

• Amaliy nanoteknologiyalar va nanomateriallar, 

• Suv va havoni tozalash texnologiyalari, 

• Statsionar va mobil radiatsion nazorat tizimlari, 

• Ilmiy asbobsozlik, 

•Sun’iy intellekt (SI) va neyrotarmoqlar (NT)ni oqova suvlarni tozalash texnologiyalari va uskunalarini optimallashtirishda qo‘llash.

                                 Laboratoriya yaratishning dolzarbligi

Laboratoriyada nanostrukturali materiallar, amaliy texnologiyalar va yangi asbob-uskunalarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy, innovatsion izlanishlarga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi. Ushbu ishlar O‘zbekiston Respublikasida fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari doirasida amalga oshiriladi.  Shuningdek, turli ekologik muammolarni, jumladan, nanomateriallardan foydalangan holda suvni tozalash, dezinfeksiya qilish va sho‘rsizlantirish bo‘yicha o‘z innovatsion ishlanmalari ilgari suriladi va joriy etiladi.

                                          Laboratoriyaning ilmiy yutuqlari

Laboratoriyada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti ilmiy tadqiqot ishlari rejasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-noyabrdagi PQ-4526-sonli qarori asosida 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan ilmiy tadqiqot ishlari dasturi yuzasidan:

• O‘zbekistonning sho‘r artezian suvlarini tozalash uchun nanostrukturali materiallardan foydalangan holda blok-modulli sho‘rsizlantirish tizimini yaratish. 

• Radonning turar-joy binolariga kirib kelishini oldini olish uchun polimer nanokompozit ishlab chiqish.

 

2021-2023 yillarda laboratoriyada O‘zbekiston-Hindiston ilmiy-tadqiqot loyihasi № UZB-Ind-2021-77 «Kichik bo‘lmagan hujayrali o‘pka saratonini davolash uchun siRNA survivin va Paclitaxel bilan to‘ldirilgan, yuzasi modifikatsiyalangan CD 133 mAbs uglerod nanonaychalari» muvaffaqiyatli amalga oshirildi