• Slide 1
  • Slide 2
  • Slide 3

                                          Yadroviy tahlil 

 Laboratoriyasi ilmiy faoliyati to‘g‘risida

 

 Laboratoriya mudiri: Yarmatov Baxrom Xaydarovich

 Ishxona tel.:   (998-71)-289-29-47
 email: yarmatov@inp.uz 

 

                                                MA’LUMOT

 Laboratoriya tarixi

Yadroviy tahlil laboratoriyasi 2017 yilda tashkil etilgan va texnika fanlari doktori akademik I.I. Sadikov 2020 yilgacha laboratoriya mudiri bo‘lib ishlagan. 2020 yildan 2023 yilgacha texnika fanlari nomzodi M.I. Salimov mudir lavozimida o’z faoliyatini davom ettirgan. 2023 yildan hozirgi vaqtgacha texnika fanlari nomzodi, PhD B.X. Yarmatov rahbarlik qilmoqda.

Laboratoriyaning asosiy strategik yo‘nalishi

Yadroviy tahlil laboratoriyasi asosan maxsus toza moddalar, texnologik materiallar va organik hamda biologik namunalarining makro va mikrokomponentlar tarkibini yadro-fizikaviy va mass-spektrometrik usullar yordamida aniqlash uslublarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Bunda asosiy tadqiqot yo’nalishlari quydagilardan iborat.

  • ichimlik, oqava va yer osti suvlari tarkibidagi Radiy-226 radionuklidlarini aniqlashning ekspress usulini ishlab chiqish;
  • o‘ta toza moddalar va ularni olish uchun ishlatiladigan boshlang‘ich materiallarning mikroaralashma tarkibini neytron-aktivatsion aniqlash uslublarini ishlab chiqish;
  • texnologik materiallar (keklar, konsentratlar, metallurgiya va kimyo sanoati chiqindilari) tarkibidagi kamyob va tarqoq metallar miqdorini aniqlashning yadro-fizikaviy va mass-spektrometrik uslublarini ishlab chiqish;
  • organik namunalar (neft va neft maxsulotlar, yelim va rezina o‘yinchoqlar) tarkibidagi zaxarli va og‘ir elementlar miqdorini aniqlashning yadro-fizikaviy va mass-spektrometrik usullaridan foydalanib aniqlash uslublarini ishlab chiqish;
  • biologik (inson qoni, tirnog‘i, soch va siydik) namunalari tarkibidagi mikro komponentlar miqdorini aniqlashning mass-spektrometrik usul yordamida aniqlash uslublarini ishlab chiqish;
  • dorivor moddalar tarkibidagi zaxarli elementlar miqdorini aniqlashning mass-spektrometrik usullar yordamida aniqlash uslublarini ishlab chiqish.

Laboratoriya faoliyatining dolzarbligi

Yadroviy tahlil laboratoriyasi tomonidan olib borilayotgan ishlarning dolzarbligi 
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 son Farmoni) belgilangan bo‘lib, uning ustuvor yo‘nalishlari “… milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash”ni o‘z ichiga oladi.

Laboratoriyaning ilmiy asoslari

Laboratoriyada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti ilmiy tadqiqot ishlari rejasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 noyabrdagi PQ-4526-sonli qarori asosida 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan ilmiy tadqiqot ishlari dasturi yuzasidan: 

  • O‘ta toza moddalar va ularni olish uchun ishlatiladigan boshlang‘ich materiallar mikroaralashma tarkibini neytron-aktivatsion aniqlash uslublarini ishlab chiqish.
  • Sanksiyalanmagan ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini sud-kimyoviy ekspertiza qilishning radiometrik, rentgenfluoressent, neytron-aktivatsiyaviy va mass-spektrometrik uslublarini ishlab chiqish.
  • Mikroelektronikada qo‘llaniladigan qotishmalarning komponent tarkibini rentgenfluoressent usulda aniqlash uslubini ishlab chiqish.
  • Maxsus toza moddalar tahlili uchun konsentratsiyalash jarayonida aralashma elementlar migratsiyasini aniqlashning mass-spektrometrik uslubini ishlab chiqish.
  • Texnologik materiallar (keklar, konsentratlar, metallurgiya va kimyo sanoati chiqindilari) tarkibidagi kamyob va tarqoq metallar miqdorini aniqlashning yadro-fizikaviy va mass-spektrometrik uslublarini ishlab chiqish.

 2020-2024 yillar davomida ushbu mavzular  bo‘yicha olingan yangi natijalar asosida laboratoriya jamoasi tomonidan 100 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan monografiyalar, xalqaro nufuzli jurnallardagi ilmiy maqolalar, xalqaro va respublika ilmiy anjumanlari materiallarida chop etildi.

 

Laboratoriyaning eksperimental bazasi to‘g‘risida ma’lumot:

Toza germaniy yarimo‘tkazgichli detektori “CANBERRA”;

Mass-spektrometr “Agilent 7700”;

Energodispersion rentgenofluoressen spektrometr “Epsilon-1 Malvern-PANalytical”;

Spektrometr-radiometr MKGB-01 “RADEK” ;

Alfa-beta radiometr “UMF-2000”;

Portativ rentgeno-fluoressent spektrometr “Explorer Skyray 9000”.